Xurshid Maroziqov
Ismim Xurshid Maroziqov. O‘zimni avvalo dunyoni anglashga chanqoq inson, keyin esa tadbirkor, o'qituvchi va kontent-meyker deb bilaman. Faoliyatim davomida ikki qit’ada biznes loyihalarni boshqardim: xalqaro miqyosda ERP tizimlarini o‘rnatishdan tortib, O‘zbekistondagi o‘quv markazlari va startaplargacha. O'zim biznes qurishni yaxshi ko'raman. Loyihalarga investitsiya qilaman. Bugungi kunda HEAD konsalting kompaniyasini boshqaraman. Bizneslarga sun’iy intellektni integratsiya qilishda real amaliy yordam beramiz. Shuningdek, Birfoiz Bilim orqali zamonaviy bilimlar va tizimli fikrlash borasidagi tajribam bilan bo‘lishib kelmoqdaman.